HR Konsalting · Toshkent

Ko'p kompaniya xodim yollaydi. Biz esa dastlab tizim quramiz.

Munira Ikramova — HR GO asoschi · HR Business Partner · Toshkent

Zamonaviy HR — bu endi faqat CV ko'rish emas. Biz AI vositalari yordamida ishlaymiz: nomzodlarni tezroq topamiz, jarayonlarni avtomatlashtiramiz, tizimni raqamli quramiz. Bu — yangi avlod HR.

Xodim yollash — bu boshlanishi. Tizim qurish — bu natija.
HR GO kompaniyangizga ikkalasini ham beradi.

Munira Ikramova — HR GO Founder

Munira Ikramova

Founder · HR GO

Kompaniyangizda shu holatlar bormi?

Yaxshi xodim topasiz — 2–3 oyda ketib qoladi

Yangi odam keladi — hech kim o'rgatmaydi

Jamoa bor, lekin kim nima qilishini bilmaydi

"HR kerak" deb bilasiz — lekin qayerdan boshlashni bilmaysiz

Bu sizning xatoyingiz emas.

Bu — tizim yo'qligining natijasi.

O'zbekistonda biznes o'zgaryapti.

Mijozlar ko'paydi — jamoa ham o'sishi kerak.

Jamoa o'sdi — tartib ham o'sishi kerak.

Tartib yo'q bo'lsa — eng yaxshi odamlar ketadi.

Bizning madaniyatimizda odamga ishonch muhim. Shuning uchun biz avval sizni tinglaymiz — keyin tizim quramiz.

Har kompaniya har xil. Biz shablondan emas, sizning haqiqatingizdan boshlaymiz.

Jarayon

Biz qanday ishlaymiz

01

Tinglaymiz

Kompaniyangiz, muammolar, maqsadlar haqida. Bepul. Majburiyatsiz.

02

Tashxis qo'yamiz

Nima ishlayapti, nima ishlayotgani yo'q. Aniq hisobot va yo'l xaritasi.

03

Tizim quramiz

Xodim topishdan tortib onboarding, KPI va HR qo'llab-quvvatlashgacha.

Xizmatlar

Nima bilan yordam beramiz

⚙️

HR Audit

Mavjud holatni ko'rib chiqamiz. Nima ishlayapti, nima yo'q — aniq ko'rsatamiz.

🏗️

HR Tizim Qurish

Jarayonlar, hujjatlar, siyosatlar — tartib va tizim asosida.

👥

Xodim Tanlash

To'g'ri odam — to'g'ri joyda. AI vositalari bilan tezroq va aniqroq.

📊

KPI & Samaradorlik

Har kim nima qilishini bilsin. O'lchash mumkin bo'lgan natijalar.

🚀

Onboarding

Yangi xodim 30 kunda moslashsin. Strukturali va samarali kirish.

💬

HR Reteyner

Oylik HR sherik — shtatga olmay. Kerak payt — biz yonimizda.

Afzalliklar

Nima uchun HR GO

Asoschi o'zi ishlaydi

Siz bilan asoschi o'zi ishlaydi. Hech qanday oraliq menejer yo'q.

AI vositalari

AI vositalari ishlatamiz — boshqalarga hafta ketadigan ishni biz bir kunda qilamiz.

Adolatli narxlar

Narxlarimiz adolatli — chunki bizda qimmat ofis va katta shtat yo'q.

Avval tushunib olamiz

Avval tushunib olamiz. Keyin taklif qilamiz. Shablondan emas, sizdan boshlaymiz.

Kompaniyangizga HR tizim kerakmi?

Birinchi uchrashuv — bepul. 30 daqiqa. Hech qanday majburiyat yo'q.

Konsultatsiya olish